Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda milliy vaqt shkalasi (UTC  (UZ) joriy etiladi
17:23 / 2024-08-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida Vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi (UTC (UZ) joriy etiladi va undan O‘zbekiston Respublikasining aniq vaqti sifatida foydalaniladi;

Vaqt xizmatining faoliyatini samarali tashkil etishga Agentlikning “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi mas’ul hisoblanadi;

Metrologiya instituti Muvofiqlashtirilgan universal vaqtni (UTC) shakllantirishda ishtirok etadi va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasini (UTC (UZ) hosil qilishga vakolatli etib belgilanadi.

Metrologiya instituti tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Vaqt va chastota xizmati;

Vaqt xizmatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi nizom ishlab chiqib, tasdiqlanadi.

Aniq vaqtni Vaqt xizmatidan olish hamda uni manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlarga uzatish davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi.

O‘zA