Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik va ko‘p vektorli tashqi siyosat olib boriladi
11:04 / 2023-04-06

Senat yalpi majlisida O‘zbekiston tashqi siyosatida milliy manfaatlarga asoslangan, chuqur o‘ylangan va pragmatik siyosat olib borilayotgani qayd etildi.

– O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stona qo‘shnichilik va yaqin hamkorlik darajasini yangi pog‘onaga olib chiqdi, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Davlatimiz rahbari tashabbusi va sa’y-harakati bilan qo‘shni mamlakatlar bilan chegaraviy masalalar samarali tarzda hal qilindi. Savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratildi.  

Xalq diplomatiyasining rivojlanishi, O‘zbekiston xalqi boshqa xalqlar bilan tinch-totuv, do‘stona, xavfsiz sharoitda yashashi, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlarga emin-erkin borib-kelishi, qon-qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashi, mamlakat investitsiya muhiti yaxshilanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.  

Eng muhimi, O‘zbekiston o‘z xalqi farovonligi yo‘lida bundan keyin ham faqat va faqat milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik va ko‘p vektorli tashqi siyosatni olib boradi.  

Barcha islohotlar bir maqsadga – har bir insonning ushbu yurtda erkin yashashi va barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.  

– Umuman olganda, Konstitutsiyani yangilash ehtiyoji ham aynan amalga oshirilgan o‘zgarishlardan kelib chiqmoqda. Sifat jihatdan rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgan davlat va jamiyat uchun yangi konstitutsiyaviy makon zarur edi. Erishilgan natijalarni, kafolatlanayotgan huquq va erkinliklar davomiyligini ta’minlash, ularga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarmasligi va barqaror bo‘lishi uchun ham ularni ishonchli himoyasini Konstitutsiyada mustahkamlash muhim, – deb alohida ta’kidladi Senat Raisi. 

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan katta vazifalarni bajarish uchun yangi Konstitutsiya mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.  

 

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (foto), O‘zA