Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi
13:26 / 2021-10-03

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 sentyabrdagi “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Mazkur qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda institut to‘g‘risidagi nizom, Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom va  Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Endilikda Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 31 dekabrga qadar zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi va kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar  ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning ma’lumotlar bazasi hamda mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasi  shakllantiriladi va yuritiladi.

Shuningdek, Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasidagi davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.  

 

Muhayyo  Toshqorayeva, O‘zA