Rossiyaning FESCO transport kompaniyasi O‘zbekistonning logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi, deyiladi Rssiyaning mamlakatimizdagi savdo vakolatxonasi xabarida.
FESCO transport guruhi «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» rahbariyati bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bunda FESCO intermodal xizmatlaridan foydalangan holda Qirg‘izistondan Xitoyga hamda Turkmanistondan Turkiya, Afrika va O‘rta yer dengizi mamlakatlariga tranzit yo‘llarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, tomonlar Toshkent va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri konteyner tashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
FESCO transport guruhi O‘zbekiston transport infratuzilmasini va logistika tarmog‘ini raqamlashtirish sohasidagi loyihalarni rivojlantirishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
FESCO – Rossiyadagi eng yirik transport-logistika kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning bosh qarorgohlari Moskva va Vladivostokda joylashgan. Kompaniya dengiz, temir yo‘l va avtomobil transportlari orqali konteyner tashuvlarini amalga oshiradi.
FESCO transport guruhining bosh – «Dalnevostochnoye morskoye paroxodstvo» transport kompaniyasi FESCO shaxsiy flotiga, "Vladivostok dengiz savdo porti" ommaviy aksiyadorlik jamiyatiga, temir yo‘l harakatlanish tarkibiga, konteynerlar parkiga, Novosibirsk, Xabarovsk, Vladivostok va Tomskda terminal komplekslariga ega.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA