Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda "Laktopropolis-AWL" preparatini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
17:08 / 2021-10-21

Oshqozon-ichak traktining mikroflorasi, inson salomatligida muhim rol o‘ynaydi: u ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi, immunitet tizimini faollashtiradi, mikrofloraning muvozanatini saqlaydi hamda inson va hayvonlar sog‘lig‘ining boshqa ko‘rsatkichlariga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichakdagi mikroorganizmlarning nomutanosibligi organizmda vazn ortishi, qondagi qand miqdori, xolesterin, depressiya va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, "COVID -19" kasalligining og‘ir kechishi, ichak mikroflorasi bilan ham bog‘liq.

Mikroflorani normal saqlash yoki tiklashning yeng samarali usullaridan biri bu probiotik preparatlarni qabul qilishdir, ular inson organizmi uchun foydali mikroorganizmlardan iborat. Foydali mikroorganizmlar ovqat hazm qilishda ishtirok yetadigan fermentlarni sintez qiladi, glyukoza, vitaminlar, mikroblarga qarshi moddalar va organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa birikmalarni parchalaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida probiotik mikroorganizmlar asosida biologik faol "Laktopropolis-AWL" qo‘shimchasi yaratildi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati rahbari Mohira Jumanova ma’lum qildi. Bu biologik faol qo‘shimchaning dunyoda o‘xshashi yo‘q, chunki u oshqozon yarasi Helikobakter pilori qo‘zg‘atuvchisini faol ravishda bostiradigan mikroblarga qarshi oqsil birikmalarini sintez qiluvchi va shu orqali infeksiyani davolash samaradorligini oshiruvchi probiotik mikroorganizmlarning mahalliy noyob shtammlaridan iborat. Mikroorganizmlarning xususiyatlari uzoq vaqtdan beri samarali biologik birikma sifatida tanilgan propolisning biologik faol fraksiyalari qo‘shilishi bilan kuchaytiriladi.

– Preparatni ishlab chiqarishni tashkil yetish uchun Islom taraqqiyot bankining Transformatorlar jamg‘armasidan grant olindi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan birgalikda xususiy mablag‘lar jalb qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Innovatsion ishlanmalar va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, shuningdek, davlat byudjetidan tijoratlashtirishga yetkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan "AllWellLab" eksperimental ishlab chiqarish maydonchasi yaratildi, – deydi M.Jumanova. Ilmiy tadqiqotlar ushbu noyob birikma preparatning qo‘shimcha foydali xususiyatlarini berishini ko‘rsatdi. U Helikobakter.pilori kolonizatsiyasini pasaytiradi, oshqozon yallig‘lanishini susaytiradi, yallig‘langan to‘qimani qayta tiklash xususiyatga ega (u oshqozon yarasining davolanish vaqtini import mahsulotlarga nisbatan 2 baravar qisqartiradi), shuningdek immunitet tizimining samarali faoliyatiga yordam beradi.

Ushbu biologik faol qo‘shimchadan foydalanish, me’da yarasini kuchayishining mavsumiy qaytalanishini samarali davolash va oldini olishga yordam beradi.

Hozirgi kunda 4ming qadoq tayyor mahsulot ishlab chiqarildi, ular dorixonalar tarmog‘iga yetkazib berildi va O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli sotilmoqda.

Darvoqe, ilmiy izlanishlar doirasida keyingi ishlab chiqarish uchun 3 nomdagi – antidiabetik, antioksidant va B guruh vitaminlarini sintezlovchi xususiyatlarga ega probiotik preparatlar tayyorlanmoqda.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA