Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y bergani haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi muassisligidagi UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi mas’uliyati cheklangan jamiyati Favqulodda Vaziyatlar bo‘yicha ogohlantirish va xabar berish avtomatlashtirilgan tizimining yagona integratori etib belgilandi.
Endilikda UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, loyiha hujjatlari, shu jumladan, texnik topshiriq va texnik iqtisodiy hisoblarni hamda apparat-dasturiy tizim va texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibga soluvchisi hisoblanadi.
“UNICON.UZ” DUK mamlakatimizda 1992 yildan buyon ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va eng yangi AKT texnologiyalarini joriy etib kelayotgan yetakchi korxonalardan biri sifatida faoliyat yuritib keladi. Korxonaning IT-yechimlari O‘zbekistonning moliya, davlat va ijtimoiy sohalarida, sanoat, energetika, telekommunikatsiya, sug‘urta, Ichki ishlar kabi sohalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Tashkil etilgan kundan boshlab korxona O‘zbekistonda AKT tizimini rivojlantirishga katta kuch sarfladi. Bugun “UNICON.UZ” DUK korxonasining texnologik yechimlari mamlakatimizning barcha soha jabhalari faoliyatini avtomatlashtirishda yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining qarori doirasida Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish bo‘yicha keyingi asosiy vazifalari etib
- favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash va yetkazish texnologik jarayoni majmuini avtomatlashtirishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlar holatida muhofaza usullari va aholining harakatlari, yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida aholiga xabar berish va ma’lumotlarni yetkazishda barcha jarayonlarni real vaqt ko‘lamida monitoring qilish;
- favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida respublika aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish;
- boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi kundalik boshqaruv organlari, respublika hududida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan va ajratiladigan (jalb qilinadigan) maxsus tayyorlangan kuch va vositalarga favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish belgilangan.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-F9CtOSlB98" title="O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, D. Yakubov O‘zA