Huquqiy munosabat
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlarni sotib olish va sotish faoliyati belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Sabohat Abdullayeva quyidagilarni ma’lum qildi.

– Kripto-aktivlar bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar kripto-birja yoki kripto-do‘kon xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun kripto-birja yoki kripto-do‘kon bilan shartnoma tuzish, shaxsni identifikatsiyadan o‘tkazish, kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalarini amalga oshirish kerak.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari hamda 31 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan talablarga rioya qilish lozim.
Shu bilan birga, kripto-aktivlar bilan ishlash faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan litsenziyalangan tashkilotlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Nolitsenziyali maydonlar orqali kripto-aktivlar bilan savdo qilish noqonuniy faoliyat sifatida baholanishi mumkin.
Kripto-aktivlar bilan bog‘liq faoliyatda xavfsizlik va qonunchilikka rioya qilish har bir ishtirokchi uchun muhim hisoblanadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA