Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi o‘tgan yilda 5,7 foizga oshdi
14:19 / 2024-01-19

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lum qilishicha, 2023 yilda ko‘chmas mulk bozori yaxshi natijalarni ko‘rsatdi – bitimlar hajmi oshdi, uy-joy ijarasi narxi pasaydi, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 2023 yilda 5,7 foizga oshdi. Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan. Bu o‘tgan yilgi 257 mingta shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichlaridan oshdi.  

Bitimlar hajmining sezilarli o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi, bu o‘sish bo‘yicha barcha hududlarni ortda qoldirib, Qashqadaryo viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinda, mos ravishda 16,8foiz va 17,1 foizni tashkil etdi.  

Barcha hududlarda uy-joy sotish bo‘yicha bitimlarning o‘sishi kuzatildi, faqat kapital faolligi biroz – 2,7 foizga kamaydi. Albatta, ko‘chmas mulkni sotish hajmining o‘sishiga O‘zbekistonda ipoteka bozorining rivojlanishi yordam berdi, kredit berish hajmi yil davomida qariyb 17 foizga o‘sib, banklar tomonidan aholiga 16,9 trln. so‘m kreditlar berildi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlashdi. Umuman olganda bir yil ichida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi va har kv.m. uchun 9,2 dollarni tashkil etdi. Bir yil oldin bir kv.m. uchun poytaxtda ijara narxi 34,6 foizga oshgan edi.  

Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxining pasaygani e’tiborga molik. O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur (11,8 doll), Yakkasaroy (10,8 doll) va Mirobod (11,4 doll) tumanlarida qayd etildi. Ijara narxlarining nisbatan pastligi Uchtepa (7,9 doll), Sergeli (6,9 doll) va Bektemir (5,7 dol) tumanlarida kuzatildi.  

Ikkilamchi uy-joy bozorida narx parametrlari sezilarli darajada o‘zgardi. Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8 foizni, ikkinchisida esa 1 foizni tashkil etdi. Ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari bir yil davomida qariyb ikki barobarga oshdi va 7,1 trln. so‘mni tashkil etdi.  

O‘tgan yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm – 30,1 foiz, Toshkent – 28,9 foiz va Buxoro viloyatlarida — 24,5 foiz qayd etildi.  

Ikkilamchi uy – joy narxlarining yuqoriligi poytaxtda – kv.m. uchun 1123 doll., shuningdek, Samarqand – 714 doll. va Toshkent — 627 doll. viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga, arzonroq uy-joy narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 314 doll., Sirdaryo – 348 doll. va Jizzax – 380 doll. viloyatlarida qayd etildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorini ko‘rib chiqish Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulkning bozorlardagi faollik dinamikasini taqdim etadi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, bozor dinamikasini kuzatish uchun o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar taqdim etiladi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA