Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda kibersport klublarining reytingi e’lon qilindi
11:03 / 2023-05-18

Yoshlar siyosati va sport vazirligi kibersport klublarining umumiy reyting ko‘rsatkichlarida kuchli beshlikni egallagan klublar nomini ma’lum qildi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan “PHOENIX” va “UMMON GAME CLUB”  sport klublari, uchinchi o‘rinni Namangan viloyatining “CYBERZONE”, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar Toshkent shahrida joylashgan “CYBERIUM” va “IMBA” sport klublariga tegishli bo‘ldi.  

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish va ularining umumiy reytingini internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish vazifalari belgilangan.  

Mazkur qaror ijrosidan kelib chiqib, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda kelgusida kibersport klublarining umumiy reyting ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda yangilab borishni rejalashtirgan.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA