Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda katta futbol bayrami boshlanmoqda!
15:00 / 2022-06-01

Bugun, 1 iyun kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida 23 yoshgacha bo‘lgan jamoalar ishtirokida Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida esa “A” va “V” guruhlaridagi dastlabki uchrashuvlar tashkil etiladi.

18:00da "Bunyodkor” stadionida ”A” guruhidan o‘rin olgan Eron - Qatar o‘yini o‘tkazilad. Xuddi shu vaqtda Qarshidagi “Markaziy” stadionida “V” guruhidagi Avstraliya-Quvayt bahsi o‘tsa, “Paxtakor” stadionida  20:30 da boshlanadigan ilk o‘yinda vakillarimiz turkmanistonliklar qarshiligini yengishga kirishadi.

Kuning eng kechki bahsi 22.00 da Qarshida “V” guruhidagi Iordaniya-Iroq “dueli” bilan yakunlanadi.

Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yinga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov qabulida bo‘ldi.  

Muloqot davomida O‘FA rahbari ushbu musobaqaning ahamiyati haqida fikr bildirib, Vatan sharafi uchun kurashishi, yurt obro‘sini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilish yuksak matonat talab qilishini ta’kidladi. Jamoa oldida turgan asosiy maqsadlardan biri Parij olimpiadasiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida har bir futbolchi mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borishi kerakligi aytildi.  

O‘zA