English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish uchun nima ishlar qilyapmiz? (+video)
16:28 / 2024-03-02

“Maqsad” loyihasi birinchi soni

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqida mintaqaviy va global miqyosda tinchlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilish, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan qator tashabbuslarni ilgari surgan edi.

Bosh Assambleya rezolyutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish”ni zimmasiga olgan.

2015-yil BMTga a’zo 193 davlat tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston ham kambag‘allikni qisqartirishdan tortib, oziq-ovqat xavfsizligi-yu, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan barqaror rivojlanishga oid ana shu 17 maqsadning 16 tasini amalga oshirib kelmoqda.

Birinchi maqsad – qashshoqlikka barham berish. Shuning uchun loyihamizning ilk soni ayni mavzuga bag‘ishlandi. Barqaror rivojlanish markazining Barqaror rivojlanish jarayonlarini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Nodir Safarov bilan suhbatda sohada olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va takliflar xususida gaplashdik.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RHORSLhlHP8?si=Vj-dlYdyV6V0jbEP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhokamamiz markazidan kambag‘allik va qashshoqlik o‘rtasidagi farq, fuqarolarda yuzaga kelayotgan moddiy, ma’naviy yetishmovchilik oldini olish va jahon tajribasini milliy maqsadlarimizga integratsiya qilish masalalari o‘rin olgan.

Videoni batafsil O‘zAning YouTube tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.

Fikringizni bildirib boring.

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video), O‘zA