Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda joriy etilgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi xorijiy davlatlarga eksport qilinadimi?
11:30 / 2025-05-29

Mamlakatimizda sport sohasida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalarida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, o‘tgan yillar davomida ichki va xorijiy musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarni, terma jamoalar tarkibini raqamlashtirish, “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga tizimli tarzda kiritib borish ishlari yo‘lga qo‘yilgani sportchilarning natijalari, murabbiylarning ish ko‘rsatkichlarida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Murod Ismoilovning xalqaro “DAAC Digital” IT kompaniyasi direktori Oleg Rotaru hamda “Interra Advisory” konsalting kompaniyasi direktori Rustam Kurganbayev bilan muloqoti jarayonida ana shular haqida so‘z yuritildi.  

Muhokamalar jarayonida sport sohasini raqamlashtirish, mavjud IT- platformalarini takomillashtirish va sun’iy intellekt asosida yangi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha bir qator aniq taklif va loyihalar ko‘rib chiqildi.  

Muloqot yakunida O‘zbekiston sport tizimida joriy etilgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimini xorijiy davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA