Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishning huquqiy asosi yaratilmoqda
15:39 / 2025-09-16

Bugungi kunda moliya bozorida yangi moliyaviy mahsulot va xizmatlarni joriy qilish orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, islomiy moliyada pulni ma’lum bir muddatga qo‘shimcha haq to‘lash evaziga qarzga berish, islom dinida ruxsat etilmagan faoliyatlarni moliyalashtirish, shartnomalarda haddan ziyod noaniqliklarga yo‘l qo‘yish kabilar taqiqlangan. Shuning uchun o‘z faoliyatida islomiy moliya stantartlariga muvofiqlikni ta’minlsh maqsadida islomiy banklarda zarur bilim va mutaxassisliklardan tashkil topgan Islomiy moliya kengashi, islomiy moliya bo‘limi va islomiy moliya auditi faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim. Shuningdek, islomiy moliyada savdo va sherikchilik moliyalashtirishning asosiy ustuni hisoblanadi.  

Qayd etilganidek, mazkur loyiha bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 8 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, qonunchilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari va standartlari hamda investitsiyaviy depozit tushunchalari kiritilmoqda. Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya joriy qilinib, uni olish bo‘yicha talablar belgilanmoqda.

Banklar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya operatsiyalarining asosiy jihatlari belgilanmoqda. Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oshirish va yuridik shaxslarni tashkil etish, ularning ustav fondlaridagi ulushlarini, aksiyalarini cheklovsiz olishga ruxsat berilmoqda. Markaziy bank va banklarda Islomiy moliya kengashi tashkil etilishi hamda ularning vazifalari belgilanmoqda.  

Shuningdek, qonun loyihasida islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani joriy qilish nazarda tutilib, mazkur litsenziyani olish bo‘yicha aniq talablar ham belgilanmoqda. Shu bilan birga, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliya operatsiyalari belgilab berilyapti.

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi an’anaviy moliyaviy xizmatlarga muqobil moliyaviy xizmatlarni joriy qilish, islomiy moliyani yo‘lga qo‘yishning huquqiy asosini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Muhokamalarda deputatlar tomonidan bir qator savollar o‘rtaga tashlandi. Fikr-mulohaza va takliflardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat),  

O‘zA