Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
09:49 / 2025-09-16

O‘zLiDeP fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, islomiy moliyada savdo va sherikchilik orqali moliyalashtirish keng qo‘llaniladigan moliyalashtirish shakllari hisoblanib, qonunchilikda tijorat banklari tomonidan bunday shakllardan foydalanilishiga bir qator to‘siqlar mavjud. Xususan, islomiy moliyalashtirishda banklar savdo bilan shug‘ullanish orqali mijozni moliyaviy qo‘llab-quvvatlasa, O‘zbekistonda tijorat banklari savdo bilan bevosita shug‘ullanishlari mumkin emas.

Islomiy moliyada moliyalashtirishni sheriklik asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan bo‘lib, mamlakatimizda tijorat banklariga yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav kapitallarida qatnashishga doir cheklovlar o‘rnatilgan.

Shu munosabat bilan, yuqoridagi qayd etilgan holatlarni bartaraf etish va O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etiladi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida O‘zbekistonda Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) hamda Islom moliyasi xizmatlari kengashi (IFSB) standartlariga mos keluvchi islomiy bank faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda islomiy banklar va islomiy “darcha”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “yashirin” iqtisodiyot ulushini kamaytirish, qolaversa, mamlakatimizga islomiy bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.  

M.Komilova,

O‘zA