O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam
Toshkent shahrida Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yaqinda ishlab chiqilgan tajriba-amaliy qo‘llanmaga bag‘ishlangan birinchi trening bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusiga binoan USAIDning «Barcha bolalar muvaffaqiyatli» loyihasi shafeligida tashkil etilgan ushbu tadbir O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Treningda yurtimizning barcha hududlaridan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning amaldagi a’zolari, jumladan, shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari ishtirok etdi.


Seminarning asosiy maqsadi nogironlikning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga o‘tishni belgilovchi yangi amaliy qo‘llanma bilan ishtirokchilarni tanishtirishdir.
Sh. Mamaturopova, O‘zA