French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ilk yirik quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi
21:39 / 2023-06-02

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Goldwind” kompaniyasining (XXR) birinchi 4,7 megavattli turbinasi o‘rnatildi. Uning balandligi 97 metr, shamol parraklarining har biri esa 77 metrni tashkil qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining  “Masdar” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.

Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lib hisoblanadi.  

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 milliard 800 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA