Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ilk bor “Viki yodgorliklarni sevadi” fototanlovi o‘tkaziladi!
09:08 / 2023-08-25

Diqqat, tanlov!

“Viki yodgorliklarni sevadi” xalqaro tanlovi har yili butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Bu yil tanlovda 40 dan ortiq davlat, jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Ishtirokchilar tarixiy binolar va diqqatga sazovor joylarni suratga oladi, so‘ngra ularni Vikiomborga yuklaydi. 

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad me’moriy va madaniy meros yodgorliklariga e’tiborni jalb qilish, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdan iborat. 

“Viki yodgorliklarni sevadi” (Wiki Loves Monuments, WLM) har yili kuzda dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladigan xalqaro fototanlovdir. Ilk bor 2010 yilda bo‘lib o‘tgan. 

Tanlovning respublika bosqichi O‘zbekiston “Vikimediya” hamjamiyati tomonidan “Vikigid” rus hamjamiyati ishtirokchilari bilan hamkorlikda “Wikimedia Foundation” va O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi ko‘magida tashkil etildi. 

Bu yilda hay’at a’zolari ikkita: peyzash va makro yo‘nalishlari bo‘yicha 15 ta fotosurat, har birida ko‘pi bilan 10 ta fotosuratni tanlab oladi. 

O‘zA