Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda II Xalqaro farmatsevtika forumi o‘tkazilmoqda
21:20 / 2023-06-05

2023 yilning 5-6 iyun kunlari InterContinental Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston II Xalqaro farmatsevtika forumi (Second International Pharmaceutical Forum of Uzbekistan) O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Belorus va boshqa davlatlarning yirik ishlab chiqaruvchilari rahbarlari, distribyutorlar, hokimiyat organlari, nazorat qiluvchi organlar, ishlab chiqarish texnologiyalarini litsenziyalovchilar, ushbu sohada faoliyat yurituvchi huquqshunoslar va maslahatchilar va boshqa mazkur sohada faoliyat olib boruvchi ko‘plab mutaxassislar ishtirok etadigan noyob professional xalqaro platformadir.

Ikki kun davomida 250 dan ortiq eng yirik farmatsevtika kompaniyalarining rahbarlari yig‘ilib sohaning eng dolzarb masalalarini muhokama qilishadi.

Xalqaro forum doirasida O‘zbekistonda farmatsevtika distribyutsiyasining tijorat salohiyati va o‘sish omillariga bag‘ishlangan alohida sessiya tashkil etiladi va unda ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va dorixonalar tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik modellari, rivojlanish tendensiyalari hamda yo‘nalishlari, farmatsevtika mahsulotlarini tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinadi.

Sessiyalar doirasida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va distribyutorlar rahbarlari, dorixonalar tarmog‘i rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular davomida forum delegatlari Yevroosiyo mintaqasining turli mamlakatlarining yetakchi soha vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uav6C5xHrPE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA