Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ichki va xalqaro avtomobil transportida yuk tashishga talab ortmoqda
16:06 / 2022-10-26

ATI.SU xalqaro yuk tashish birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 3 chorakda O‘zbekiston ichida yuk tashishga bo‘lgan talab ikki barobarga, respublika tashqarisiga tashishga bo‘lgan talab esa 1,5 barobarga o‘sdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, mamlakatda logistikani raqamlashtirish jarayoni jadal ketmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentyabr oyida transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat logistikasini raqamlashtirish va samaradorligini oshirish vazifasini oldinga qo‘ygan edi. Raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotga joriy etish zarurati haqida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ham qayd etib o‘tilgan.

ATI.SU xalqaro yuk birjasi onlayn-xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil transportida yuk tashish bozori jadal rivojlanmoqda. 2022 yilning uchinchi choragida birja o‘tgan yilning shu davriga nisbatan quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:

O‘zbekiston ichida yuk tashish uchun murojaatlar soni ikki baravar ko‘paydi;

Eksport yo‘nalishlari bo‘yicha yuk tashish uchun arizalar soni 145 foizga o‘sdi;

O‘zbekistondan Rossiyaga yuk tashish uchun bo‘lgan talab 2,6 barobar oshdi. Shuningdek, Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Qozog‘istonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha arizalar sonining ko‘payishi qayd etildi;

Boshqa davlatlardan O‘zbekistonga yuk tashishga bo‘lgan talab 49 foizga oshdi. Murojaatlarning aksariyati Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Polsha, Germaniya, Xitoy va Turkiyadan mahsulotlarni yetkazib berish bo‘lmoqda.

O‘zbekiston kompaniyalari global omillar ta’sirida jarayonlarni qayta qurish zaruratiga duch keldilar. Masalan, Rossiya va Belarusdan yuk mashinalarining Yevropa Ittifoqiga kirishiga qo‘yilgan taqiq buyurtmachilarni Yevropaga reyslarni amalga oshirish uchun yangi hamkorlar izlashga majbur qildi.

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston yuk tashuvchilari va yuk jo‘natuvchilari ATI.SU xalqaro yuk tashish birjasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu MDHdagi tovarlarni yetkazib berish uchun buyurtmalarni joylashtirish bo‘yicha eng yirik onlayn platformadir. O‘zbek biznesidan avtomobil transportida yuklarni tashishga talab ortib borayotgani fonida kompaniya Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi.

Abdulaziz Rustamov, O`zA