Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Buxoro viloyati misolida sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, turistik infratuzilmani rivojlantirish, ichki turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar atroflicha muhokama qilindi.
Turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, raqamli yechimlarni joriy etish, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Viloyat hududida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tuman va mahalla kesimida ziyorat turizmi xizmatlarini kengaytirish, madaniy meros ob’ektlarini ommalashtirish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari, mehmonxona va transport logistikasi yo‘nalishidagi yangi loyihalar, shuningdek, sohadagi kelgusi ustuvor vazifalar haqida axborot berildi.
Hududlar kesimida ichki turizmni jadal rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, turistik salohiyatdan samarali foydalanish, hududlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida ichki turizmni rivojlantirish, mahalliy sayyohlar oqimini oshirish hamda sohada tashkiliy-amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
N.Abduraimova,
O‘zA