Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizga yetkaziladi
14:32 / 2022-05-26

Prezidentning joriy yil 24 maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shahar va 115 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash choralari va vazifalari belgilangan. 

2022-2024 yillarda respublika hududlarida ichimlik suv tarmoqlarini uy xo‘jaligigacha yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladi. 

Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjetlardan jami 444,6 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Shu jumladan, joriy yilda 106,3 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan jami 50 milliard so‘m, 2023 yildan boshlab har yil respublika va mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda 50 milliard so‘mdan, jami 100 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutiladi. 

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvaridan boshlab aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “O‘zsuvta’minoat” AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalari hisobidan amalga oshiriladi. 


Sh.Mamaturopova, O‘zA