O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari soni aholi jon boshiga nisbatan barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda har 1 000 nafar aholiga o‘rtacha 31,7 ta tadbirkorlik sub’ekti to‘g‘ri kelgan.
Tadbirkorlari eng ko‘p hududlar
Eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda har 1 000 aholiga 61,0 ta tadbirkor to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinda Toshkent shahri joylashgan. Poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 45,3 tani tashkil etgan. Xorazm viloyati ham yuqori faollik namoyon etib, 44,8 ta natija bilan yetakchi hududlar qatoriga kirgan. Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida esa ko‘rsatkichlar 36–38 ta atrofida shakllangan.
O‘rtacha darajadagi hududlar qatoriga Buxoro, Andijon va Toshkent viloyati kiradi. Bu yerlarda har 1 000 aholiga 29–35 ta tadbirkor to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatkich 27,9 tani tashkil etgan.
Tadbirkorlik darajasi past hududlar
Eng past natijalar Namangan — 24,8 ta, Samarqand — 23,9 ta, Farg‘ona — 22,3 ta va Qashqadaryo — 18,6 ta qayd etilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_byNZnszhOM" title="O`zbekistonda har 1 000 aholidan 32 tasi tadbirkor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>