Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda Germaniya OAV uchun press-tur
11:47 / 2023-03-24

Germaniyaning yetakchi OAV vakillari uchun O‘zbekistonda press-tur boshlandi. 19 mart kuni boshlangan mazkur tadbir 7-9 mart kunlari bo‘lib o‘tgan “ITB-Berlin” turizm yarmarkasida erishilgan kelishuv asosida Madaniyat va turizm vazirligi, mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi hamda “Berlin Korrespondentenburo-International Media Project” kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan.

Tashkilotchilar 50 milliondan ziyod obunachiga ega Germaniya OAV – “ZDF”, “F.A.Z.”, “Sächsische Zeitung”, “Berliner Zeitung”, “C3” va “Berliner Korrespondentenbüro-International Media Projects” kabi rasmiy manbalar sahifalarida yurtimiz turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadini ko‘zlagan. Qolaversa, shu orqali nafaqat Germaniya, balki boshqa xorijlik sayyohlar orasida ham O‘zbekistonning sayyohlik imijini yanada yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, xorijiy OAV vakillari 25 martga qadar Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

 

O‘zA