Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda Germaniya investorlari ishtirokidagi 201 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda
16:50 / 2022-09-30

Poytaxtimimzdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston – Tyuringiya ishbilarmon doiralari hamda vazirlik va idoralari ishtirokida biznes-forum hamda «B2B» va «B2G» formatlarida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tyuringiya Iqtisodiy rivojlanish agentligi (LEG) va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Joriy yilning 29-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi ishbilarmonlari delegatsiyasining O‘zbekistonga ilk tashrifi amalga oshirilmoqda. Nemis delegatsiyasi tarkibiga 20ga yaqin nemis firma va kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Tyuringiya ozod o‘lka bo‘lib, Germaniyaning 16ta federal yeridan biri hisoblanadi. O‘lkada 2,1 million fuqaro yashaydi. Mintaqa yalpi ichki mahsuloti 61,5 milliard yevroni tashkil qiladi. O‘lkada kimyo, oziq-ovqat, avtomobil, avtokomponent va turli uskunalar ishlab chiqarish, transport va logistika xizmatlari hamda ilm-fan, turli klaster va innovatsion parklar faoliyati keng rivojlangan.

Mazkur tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov, Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Dr. Tillo Kinner kirish so‘zi bilan ochdi.

Forum doirasida Germaniya Iqtisodiy rivojlanish agentligining investitsiyalar, tashqi aloqalar va klasterni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori doktor Arnulf Vulff tomonidan “Tyuringiya Federal davlati haqida” taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad kooperativ tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz va Tyuringiya Federal o‘lkasi tadbirkor va ishbilarmonlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Aytish joizki, Germaniya dunyodagi barcha sohalar bo‘yicha eng rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Mashhur Volkswagen, BMW, Daimler singari nemis avtomobil brendlari ko‘pchilikka tanish. Qolaversa, kimyoviy va farmatsevtika konsernlari Bayer, BASF, HenkelGroup va butun dunyoga mashhur bo‘lgan ko‘plab nemis ishlab chiqaruvchilari bor.

Mazkur tashrif doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Tadbirda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik haqida so‘z bordi. Xususan, 2022-yilning 5 oyi yakunlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq cheklov choralariga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshib, 499,4 million dollarni tashkil etgan. Shu jumladan, O‘zbekiston mahsulotlari eksporti – 34,5 million dollar, import – 464,9 million dollarni tashkil etdi.

bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Germaniya investorlari ishtirokidagi 201 ta korxona hamda 31 ta firma va kompaniyaning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mazkur tadbirlar ham ikki davlat ishbilarmon doiralarining hamkorlikka intilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash izchil o‘sib borishiga, savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA