English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda endi mahkumlar ham internetdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi
10:10 / 2022-10-31

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan IIV ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat loyihasi joriy yilning 25 oktiyabrida regulation.gov.uz portaliga keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.  

Unga ko‘ra, JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.  

Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.  

Muhokama 9 noyabrga qadar davom etadi.  

 

O‘zA