Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda emlanganlar orasida o‘lim holati qayd etildimi?
16:29 / 2021-05-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni va holatlarga oid savollarga javob berdi.

– O‘zbekistonda emlanganlar orasida o‘lim holati qayd etildimi?

– Vaksina bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim holati xali qayd etilmadi.  

Aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoni har yili o‘tkaziladimi?  

– Vaksinadan keyin hosil bo‘lgan immunitet qancha muddatga saqlanishi xali to‘liq aniqlagani yo‘q. Infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, demak xuddi gripp virusida har yili uning yangi shtammiga qarshi emlanish kerak bo‘lganidek, koronavirusga qarshi ham emlanish talab etilishi mumkin.  

– Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan vaksinalar afrikancha shtamga ham samaralimi?

– bugungi kunda ishlab chiqilgan vaksinalar birlamchi paydo bo‘lgan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan. Vaksinalar aynan birlamchi koronavirus infeksiyasiga qarshi bo‘lsa-da, britancha shtammga ta’sir etayotgani haqida ma’lumotlar mavjud. Lekin afrikancha shtamm o‘ziga xos kechuvi, dori vositalariga turg‘unligi va vaksinatsiyaning bu shtammga ta’siri bugungi kunda o‘rganish jarayonida. Ba’zi olimlar taxminiga ko‘ra, afrikancha shtamm ba’zi bemorlarda dori vositalarga turg‘unligi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, vaksinatsiya olganlarda u shtamm bilan kasallansalar, kasallikni yengil kechuvini o‘tishiga erishish mumkin.  

– O‘zbekiston aholisi qachon to‘liq emlanadi. Muayyan muddat rejalashtirilganmi?  

– Aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilib, kasallikni nazorat qilish imkoni yaralguniga qadar vaksina davlatimizga olib kelinadi. Buning uchun yillar kerak bo‘lar balki. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, davlatimizda boshqa infeksiyalarning oldini olish maqsadida Milliy emlash jadvali shakllantirilgan va u vaksinalar ham davlatimiz tomonidan olib kelinadi hamda bolalar tug‘ilganidan Milliy emlash jadvali asosida bepul emlanadi.

– O‘zbekistonda emlanganlar orasida turli virus bilan kasallanish holatlari qayd etilyapti. Bu bizga olib kelinayotgan vaksinalarning samarasizligi emasmi?

– Mazkur holat bo‘yicha aniqlik kiritish kerak, sababi emlanganlarda emlashdan keyingi to‘liq immunitet shu vaksina bilan belgilangan tartib bo‘yicha 2 yoki 3 bosqichda emlangandan so‘ng hosil bo‘ladi.  

Birinchi bosqich emlashdan o‘tgan fuqarolarimiz emlashdan so‘ng doimiy ravishda o‘z salomatliklarini himoya qilishlari, odamlar ko‘p joylarda bo‘lmasligi, doim niqobda yurishi hamda boshqa turli xil infeksiyalarni organizmga tushishidan saqlanishi talab etilishi borasida bir necha bor aytib o‘tganmiz.  

Albatta, bu qoidalarga rioya qilmaslik organizmida koronavirus infeksiyasiga qarshi antitanachalar paydo bo‘lishiga yordam beradi, biroq boshqa viruslardan himoya qilmaydi. Bu fuqaroning organizmiga boshqa virus infeksiyasining ham tushishi va inson boshqa virusli infeksiya bilan kasallanishi mumkin.

– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan vaksinatsiya jarayoni xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ham nazorat qilinadimi?  

– Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga vaksinatsiya jarayoni borasida kundalik e’lon qilinayotgan rasmiy ma’lumot va hisobotlar taqdim etib boriladi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA