Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda elektromobillar importi keskin qisqardi
10:43 / 2025-12-15

2025 yil noyabr oyida O‘zbekistonga elektromobillar importi so‘nggi besh oy ichidagi eng past darajaga tushdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyida mamlakatga jami 4 597 dona elektromobil import qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 68,2 million dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, oktyabr oyida 6 933 dona, sentyabrda esa 11 534 dona elektromobil xorijdan olib kirilgan.

Elektromobillar importi 2025 yil iyul oyidan boshlab sezilarli darajada o‘sgan. Jumladan, iyun oyida 4 560 dona elektromobil import qilingan bo‘lsa, iyulda bu ko‘rsatkich 7 204, avgust oyida esa 8 071 donani tashkil etgan.

Shu bilan birga, noyabr oyida import qilingan elektromobillarning o‘rtacha qiymati keskin oshgani kuzatildi. Xususan, har bir elektromobilning o‘rtacha narxi 14,8 ming dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyida 10,3 ming dollar bo‘lgan. Bir yil avval, ya’ni 2024 yil noyabr oyida esa bir dona elektromobilning o‘rtacha qiymati 6,1 ming dollarga to‘g‘ri kelgan.

Yillik hisobda olib qaralganda, 2025 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga jami 51 856 dona elektromobil import qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 612,2 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatadi: 2024 yilning mos davrida mamlakatga 24 091 dona elektromobil (224,7 million dollar) olib kirilgan. Demak, elektromobillar importi yil davomida ikki baravardan ziyod oshgan.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA