O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
elektr energiyasi iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ustidan davlat nazorati;
iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi;
elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari;
tabiiy gaz iste’molchilari va ta’minotchi korxonalarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi;
tabiiy gazga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash tartibi;
iste’molchilarni tabiiy gaz tarmoqlariga ulash tartibi;
tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va uni normalashni nazarda tutuvchi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.
O‘zA