Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash tizimi takomillashmoqda
16:45 / 2021-08-13

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Janubiy Koreyaning ekologik sanoat va texnologiyalar instituti (KEITI) rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish tizimini joriy qilishni takomillashtirish bosh rejasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

[gallery-3388]

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishda Jizzax va Zomin tumanidagi markaziy poligonda chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi investitsiyaviy va grant loyihalari muhim ahamiyatga ega ekani haqida so‘zlab berdi.

KEITI delegatsiyasi qo‘shma loyihalar konsepsiyasini yakunlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimiyati, Jizzax va Zomin tumanidagi markaziy poligonga tashrif buyuradi.

 

Gulruh ABDULLAEVA, O‘zA