English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda chiqindidan issiqlik energiyasi olish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi
22:11 / 2025-09-05

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Koreya issikliq korporatsiyasi (KDHC) o‘rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Bunda markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasida tajriba va bilim almashish maqsad qilingan.

Mazkur kelishilgan ishlar bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2025 yil may-iyun oylarida KDHC tomonidan “KSP - bilim almashish” dasturi doirasida “Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishda chiqindini yoqish orqali issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, normativ bazani takomillashtirish, “Yangi Toshkent” loyihasining energiya auditini o‘tkazish va respublikada situatsion markazini shakllarnitirish” mavzusidagi O‘zbekiston va Koreya Respublikalarida seminar-treninglar tashkil qilindi.

Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev va koreyalik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston KSP 2-yil yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu hisobotda qilingan ishlar, amalga oshirilgan o‘rganishlar, xususan, O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy tavsiyalar o‘z aksini topgan.

Koreyalik mutaxassislar asosiy etiborni chiqindini yoqish orqali issiqlik energiyasini ishlab chiqarish loyihalariga qaratdi.

Ularning tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030 yilgacha chiqindidan issiqliq energiyasini olish bo‘yicha 10 ta loyiha ishga tushiriladi. Buning natijasida yiliga jami 81 million dollar daromad ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Bunda 470 ming tonna karbon gazi chiqishining oldi olinadi. Qolaversa, uning ulushi 4,7 million dollarga teng bo‘ladi.

Tadbirda kelgusidagi  hamkorlik rejalari bo‘yicha ham kelishib olindi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA