Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda BRMni amalga oshirish doirasida iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tiladi
17:37 / 2023-11-17

O‘zbekistonda ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida yiliga 7 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Buning atigi 1,8 million tonnasi qayta ishlansada, qayta ishlash ulushi 21,9 foizdan 26 foizga oshgan.

Respublikada hozirda 307 qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda. Chiqindilardan 1,4 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.  

2019-2021 yillarda aholi jon boshiga 1-3 xavfli toifadagi zaharli ishlab chiqarish chiqindilari hosil bo‘lishi 13,1 kg.dan 8,5 kg.gacha kamaydi.  

Bu Senatda tashkil etilgan “Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish namunalarini ta’minlash – barqaror rivojlanishning majburiy talabi” mavzusidagi davra suhbatida qayd etildi.  

Tadbirda aholi asosiy iste’molchilardan biri ekanligini hisobga olib, oqilona iste’mol namunalarini yaratish va maishiy sohaga energiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.  

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida energetika sohasida samaradorlik ko‘rsatkichlari oshishi tendensiyasi kuzatilayotganiga e’tibor qaratildi. (Masalan, 2021 yilda energiya tizimidagi jami yo‘qotishlar 2019 yilga nisbatan 2 foizga kamaydi).  

Umuman olganda, 2021 yilda Energetika vazirligi huzuridagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 2 million tonna standart yoqilg‘i tejalishi ta’minlangan.  

Shu bilan birga, iqtisodiyotning elektroenergetika sektorida oqilona ishlab chiqarish modelini shakllantirishning asosiy omillaridan biri sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va elektr energiyasi ishlab chiqarishning solishtirma xarajatlarini kamaytirish asosida energiya quvvatlarini diversifikatsiya qilish vazifalari asta-sekin hal qilinmoqda.  

Davra suhbati ishtirokchilari barqaror iste’mol va ishlab chiqarish shakllariga o‘tish, kimyoviy moddalar va boshqa chiqindilardan oqilona foydalanish hamda ularning atrof-muhitga chiqishini kamaytirish bo‘yicha o‘n yillik harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.  

Shuningdek, davlat xaridlarida ekologik standartlarni qo‘llashni kengaytirish, turizmni barqaror rivojlantirish, qazib olinadigan yoqilg‘idan oqilona foydalanish va aholini tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlash zarur.  

Muhokama chog‘ida barqaror iste’mol va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlashni kengaytirish, chiqindilar hajmini hamda uning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha konstruktiv taklif va tavsiyalar aytib o‘tildi.  

N.Abduraimova, O‘zA