Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish ta’qiqlanmoqda (+video)
17:53 / 2024-06-25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘shimcha bandlar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Ya’ni, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Asodup1T36k" title="Oʻzbekistonda bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berish taʼqiqlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini tayinlash belgilanmoqda.

Shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilishga, ya’ni bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’lim berayotgan shaxslar ixtiyoriga diniy ta’lim olishi uchun topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning ta’lim olish sohasidagi huquqlarini himoya qilish, ularning komil inson bo‘lib yetishishiga, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA.