Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda bolalar mehnatiga chek qo‘yilgan
11:24 / 2023-06-12

Bugun, 12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni. Bu sana 2002 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan bolalar mehnatiga barham berish zaruriyatiga e’tiborni qaratish maqsadida ta’sis etilgan.

XMTning a’zosi bo‘lgan O‘zbekistonda ham bolalar mehnatiga chek qo‘yishga qaratilgan barcha choralar ko‘rildi va bu borada ijobiy natijaga erishildi.  

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Bu jahon hamjamiyati, xususan, XMT, Jahon banki va Yevroparlament tomonidan yuqori baholandi.

– Yangilangan Konstitutsiyada bolalar mehnatining bola sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlandi, – deydi Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova. – Zero, bolalar kelajagimiz egalari. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish davlat, jamiyat va har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro standartlarga rioya qilish O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishidir.

Bola huquqlari deklaratsiyasi insoniyat bolaga o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshisini berishga majburligini ta’kidlaydi. Davlat va jamiyat milliy va xalqaro darajada bolalarni himoya qilish va farovonligini ta’minlash tamoyillariga rioya qilishi lozim.  

Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan kamsitishlarning barcha ko‘rinishlariga barham berish borasida qonuniy baza yaratildi.  

Bolaning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishi, ularning maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olinishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Maktab yoshiga yetgan har bir bola umumta’lim maktablariga qabul qilinmoqda.  

Bolalarning huquqlari himoyasi yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalarga adolatli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha ham tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.  

 

N.Abduraimova, O‘zA