Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda BMT ayollar tuzilmasi vakolatxonasi ochildi
10:53 / 2025-05-28

2024 yil may oyida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT ayollar tuzilmasi ijrochi direktori Sima Baxusning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi mobaynida BMT ayollar tuzilmasi ofisini Toshkentda ochish bo‘yicha oliy darajadagi kelishuvga erishilgan.

Mazkur kelishuv natijasida Toshkentda BMT ayollar tuzilmasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva BMT ayollar tuzilmasi vakolatxonasi ochilishi mamlakatimizda gender tenglik sohasidagi yutuqlar e’tirofi ekanini qayd etdi. Ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, konstruktiv hamkorlikni izchil rivojlantirib borishda vakolatxona katta rol o‘ynaydi.

BMT ayollar tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari Eliza Fernandes Sayens ofisning mamlakat ayollari va qizlari uchun sheriklik, taraqqiyot va umid timsoli sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi. Tenglikka erishish yo‘li ushbu ofisning ochilishi bilan tugamaydi, balki yangi umid va to‘xtovsiz oldinga intilish ila davom etadi. 

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl ofisning ochilishi mamlakatning inson salohiyatini rivojlantirish va gender tenglikka qat’iy sodiqligini tasdiqlashi, BMT ayollar tuzilmasi bilan hamkorlik esa ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

N.Abduraimova,

O‘zA