Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda bank kartalariga asoslangan chakana to‘lovlar ko‘rsatkichi qanday?
14:55 / 2025-04-13

Markaziy bankda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun "O‘zbekiston hududida bank kartalariga asoslangan chakana to‘lovlarning rivojlanishi va istiqbollari" mavzusida media-muloqot o‘tkazildi.

Unda o‘tgan yillarda mamlakatimizda naqd pulsiz to‘lovlar bozorida qayd etilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rivojlanish tendensiyalari qayd etildi.

Jumladan, 2024 yilda banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 7 279 trln. so‘mga yetdi. Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar soni 47,6 mln. tani tashkil etdi. QR-kod orqali to‘lovlar hajmi esa 441,7 mlrd. so‘mga yetdi.

Tadbirda kontaktsiz texnologiyalar, “Humo Pay”, “Tap-to-Phone” va raqamli identifikatsiya (e-KYC) imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. Shu bilan birga, HUMO va UZCARD tizimlarining VISA, Mastercard, UnionPay kabi xalqaro platformalar bilan integratsiyasi, to‘lovlarning xavfsizligi va kiberxavfsizlik yo‘lidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Media-muloqotda jurnalistlar va blogerlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, ushbu yo‘nalishda  bilimlarini yanada boyitdi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA