Amirbek Alijon o‘g‘li KENJAEV dotsent v.b. siyosiy fanlar bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston amirbekkenzaev@gmail.com
Annotatsiya
Maqola O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rib chiqilgan, sohadagi tendensiyalar, qonunchilik hujjatlaridagi kamchiliklar va ularni samarali bartaraf etish yo‘llariga e’tibor qaratilgan. Zamonaviy adabiyotlar, tahliliy va statistik ma’lumotlar, xorijiy davlatlar tajribasi va ekspertlar fikrini tahlil qilish orqali avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning huquqiy yechimi haqidagi masalalar o‘rganilgan. Natijalar davlat organlari uchun O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari qurilishi sohasidagi amaldagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida qonunchilik hujjatlariga takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: avtomobil yo‘llari, qonunchilik hujjatlari, davlat siyosati, strategik yondashuvlar.