French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekistonda astronomiya: o‘tmishi, buguni, kelajagi”
16:33 / 2023-12-21

Astronomiya instituti tashkil topganligining 150 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda astronomiya: o‘tmishi, buguni, kelajagi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada xorijlik mehmonlar, jumladan Rossiya Fanlar akademiyasi va Xitoyning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlarining olim va mutaxassislari qatorida respublikadagi ilmiy tashkilotlar olimlari ham ishtirok etishdi.  

Xalqaro konferensiya yalpi majlisidan so‘ng “Fundamental astrofizik vazifalar” mazusidagi 1-seksiya o‘z ishini davom ettirdi. Unda Rossiyaning Amaliy fizika instituti, Kosmik tadqiqotlar instituti, Amaliy astronomiya instituti, Fizika instituti, Lazer va axborot texnologiyalari muammolari instituti, Quyosh-Yer fizikasi instituti olimlari, mahalliy olimlardan Astronomiya instituti, Ion-plazma va lazer institutining olim, mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shundan so‘ng, Astronomiya instituti tashkil topganligining 150 yilligiga bag‘ishlangan film konferensiya ishtirokchilariga namoyish etildi.  

Ishtirokchilar tomonidan “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasi va “Katta Quyosh” sandoni ob’ektiga ham ekskursiya uyushtirildi.  

Bugun ya’ni konferensiyaning uchinchi kuni  “Suffa loyihasining texnik, konstruktorlik va tashkiliy masalalari”   bo‘yicha Pekinning “Ekzosayyoralarni qidirish muammolari” universiteti (Xitoy), Moskva Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti, Ion-plazma va lazer instituti, RT-70 radioobservatoriya hamda Milliy universitetning olim, mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  

N.Rahmonova, O‘zA