Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda aniqlanmagan cheklov boshqa davlatda bo‘y ko‘rsatsa…
11:21 / 2022-08-17

Bir davlatdan boshqa davlatga o‘tishda har bir mamlakatning o‘z qonun-qoidalariga ko‘ra, ma’lum cheklovlari bo‘lishi tabiiy. Shunday vaziyatga duch kelgan o‘zbekistonlik fuqarolar vatanga qaytganida odatda ularda chipta bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi.

Yozyovon tumanida yashovchi A.I. ham shunday vaziyatga duch keldi. U Toshloq tumanidagi aviakassadan chipta xarid qilayotganda sotuvchi bilan og‘zaki bitim tuzgan.

Unda fuqaroning Rossiya Federatsiyasiga kirishiga cheklovi yo‘qligi aniqlangach, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahri orqali Rossiyaga uchish taklif qilingan.

Bitimga ko‘ra, A.I Rossiyaga yetib borganida, unda mazkur mamlakat hududiga kirishni chegaralovchi biror cheklov bo‘lsa va ortga qaytsa, chipta pulini qaytarishga kelishilgan.

Baxtga qarshi, A.I.da Rossiyaga kirishni cheklovchi holatlar bo‘lib, u ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Yurtga kelgach, tuzilgan bitim asosida aviakassadan o‘z haqini talab qilgan va hech bir natija bo‘lmagan. Masala ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilishgacha borib yetadi.

Murojaat ichki ishlar idorasi tomonidan tegishliligi bo‘yicha Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo‘naltirilgan.

Jamiyat mutaxassislari aviakassa mas’ullari bilan uchrashib, amaldagi qonunchilik talablari, unga ko‘ra iste’molchi huquqi, sotuvchi majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shundan so‘ng nihoyat chipta uchun to‘langan pul A.I.ga qaytarildi.

O‘zbekiston Respublikasiga qonunlariga diqqat qilsak, Fuqarolik kodeksida bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi, deb belgilangan.

Kodeksning 104-moddasida shartli bitimlar bo‘yicha normalar ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo‘lishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim bekor bo‘lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi, degan norma mavjud.

Fuqarolarimizdan o‘z haq-huquqlarini unumli foydalanishlarini so‘rab qolamiz.


Orifjon Jalolov,

Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi