Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Sud boshqaruvining xalqaro tendensiyalari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Sud boshqaruvi xalqaro assotsiatsiyasi (IACA) tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari ham ishtirok etdi.

Oltmishdan ziyod davlatdan kelgan 300 nafarga yaqin delegatlar ishtirokida o‘tayotgan xalqaro anjumanda sud boshqaruvining ahamiyati va sud ishlarini ko‘rishda sun’iy intellektni joriy etish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashildi.

O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi a’zolari Xurshid Sodiqov, Husniddin Kamolov “Sun’iy intellektni boshqarishda xalqaro standartlarning o‘rni” mavzuida chiqish qildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar tabdir ishtirokchilari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi Sud boshqaruvi xalqaro assotsiatsiyasi (IACA) a’zoligiga 2024 yilda qabul qilingan.

N.Abduraimova, O‘zA