English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda aholining real daromadlari oshgani ma’lum qilindi
10:02 / 2022-10-28

Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat sektorida oylik ish haqi va pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy transfertlarning oshirilishi aholi real daromadlarining 10,7 foizga o‘sishiga zamin yaratdi.

Qayd etilishicha, aholi daromadlari o‘sishiga mutanosib ravishda iste’mol talabi ham ortib bormoqda, bu iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va chakana savdo aylanmasida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, 2022 yilning 9 oyida iqtisodiyotda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 10,8 foizga o‘sgan.  

Davlat xarajatlarining yuqori sur’atlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va iqtisodiyotga kredit kiritilishi yil oxirigacha yalpi iste’mol va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omillar bo‘lib qoladi.  

Iqtisodiy faoliyatning joriy tendensiyalari va amalga oshirilayotgan moliyalashtirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, yil oxirigacha iqtisodiy o‘sish prognozlari yuqoriga qarab qayta ko‘rib chiqiladi. 2022 yil oxirida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi prognoz koridori doirasida 5,2-5,8 foiz (oldingi prognoz 5-5,5 foiz edi), deyiladi hisobotda.

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA