O‘zbekistonda aholi soni 38 millionga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 38 million nafarga yetdi.
Aholining jinsiy tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
Erkaklar – 19 million 136,8 ming nafar
Ayollar – 18 million 863,2 ming nafar
Mamlakat doimiy aholisi tarkibida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273,6 ming nafarga ko‘p.
Hamroz Bayanov,
O‘zA