Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 5 ta arxeologiya yodgorligi muzeylashtirilmoqda
16:58 / 2023-10-27

Ma’lumki, davlat rahbarining 2023 yil 27 maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-2026 yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm ob’ektiga aylantirish choralarini ko‘rish belgilab berilgan.  

Madaniy meros agentligi matbuot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahar “Chilonzor oqtepasi”, Surxondaryo viloyati “Dalvarzintepa”, Andijon viloyati “Mingtepa”, Samarqand viloyati “Sherozqal’a”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qo‘yqirilgan qal’a” arxeologiya ob’ektlarida mintaqaviy restavratsiya markazlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.  

Xususan, Samarqand viloyatida joylashgan “Sherozqal’a” arxeologiya yodgorligini muzeylashtirishga Madaniy meros agentligi tomonidan 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha-smeta hujjatlari asosida ob’ektni konservatsiya qilingan qismi metall konstruksiya bilan yopilgan. Yodgorlikni to‘liq ko‘rish qulayligini yaratish maqsadida kuzatish maydonchasi qurilgan.  

Shuningdek, Toshkent shahridagi “Chilonzor Oqtepasi” arxeologiya yodgorligini restavratsiya qilish, ta’mirlash-tiklash ishlariga 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha asosida ob’ektni to‘liq ko‘rish qulayligini yaratish maqsadida kuzatish maydonchasi qurilgan. Tashrif buyuruvchilarning harakatlanishi uchun yo‘laklar barpo qilinib, yoritgichlar o‘rnatilgan.  

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ob’ekt atrofi to‘siq bilan o‘rab olingan. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida “Chilonzor Oqtepasi” arxeologiya yodgorligida ochiq osmon ostidagi muzey tashkil etilib, turizm ob’ektiga aylantirilgan.  

Madaniy meros agentligining tegishli qarori asosida “Dalvarzintepa” arxeologiya yodgorligi uchun 800 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Maskanda ham belgilangan loyiha asosidagi barcha ishlar amalga oshirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA