Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 million so‘mdan tushdi
16:27 / 2026-02-18

2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 million so‘mdan pastga tushdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir gramm oltin 1 987 200 so‘mni tashkil etdi.

2026-yil yanvar oyidan beri oltin quymalar narxi rekord darajalarga ko‘tarilgan edi, ammo fevralning ikkinchi yarmida narxlar pasayish tendensiyasiga kirdi. Ekspertlar bu holatni ichki bozor va xalqaro oltin narxi dinamikasi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqda.

2026-yil boshidan beri oltin quyma narxi bir qator rekordlar o‘rnatdi. 12-yanvar kuni 5 grammli quyma birinchi marta 9 mln. so‘mdan oshdi.  26-yanvarda 10 mln. so‘mdan yuqori narx qayd etildi. 29-yanvarda 5 grammli quyma 10,8 mln. so‘mgacha ko‘tarildi.

Shundan so‘ng, fevralning ikkinchi yarmida quymalar narxi pasayish tendensiyasiga kirdi. 9-fevral – 10 060 000 so‘m, 16-fevral 10 100 000 so‘m, 18-fevral  10 million so‘mdan kam, ya’ni 9 936 000 so‘mni tashkil etgan.

Bu pasayish omillariga jahon oltin bozoridagi narxlar, milliy valyuta kurslari va ichki talab‑taklif dinamikasi ta’sir qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, oltin quymalar narxining hozirgi pasayishi vaqtinchalik bo‘lib, xalqaro oltin bozori va valyuta kurslari o‘zgarishi bilan narxlar qayta ko‘tarilishi mumkin. Bu vaziyat aholi va investorlar uchun pulning qadrini saqlash va oltinga investitsiya qilishda imkoniyatlarni taqdim etadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA