Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 2023 yilning 9 oyida 166 nafar bolalar o‘z qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan (+video)
21:58 / 2023-10-10

Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA), Adliya vazirligi va UNICEF bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, O‘zbekistonda bolalar uchun yanada xavfsiz va qulay muhitni yaratish bo‘yicha birinchi muhim qadam sifatida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 1 mlrd.dan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Yaqinda o‘tkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasi (62%) qattiq intizomiy usullarga (jismoniy jazo va/yoki psixologik tajovuz) duchor bo‘lgan va 15-19 yoshli qizlarning 33 foizi er tomonidan xotinni kaltaklanishini oqlaydi.

Yig‘ilishda aytilishicha, O‘zbekistonda 2023 yilning atigi 9 oyi davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Ulardan 417 tasi jinsiy zo‘ravonlik holatlaridir.  

“Afsuski, oilada yoki ta’lim va boshqa muassasalarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik faktlarini bila turib, odamlar ko‘p hollarda bolaning taqdiriga befarq bo‘lishadi” — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.   

Uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan chora-tadbirlarni keskin kuchaytirish zarur.  

Bundan tashqari faktlarni yashirish yoki zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarga javob bermaslik holatlarida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish kerakligi aytildi. Ushbu holatlarni oldini olish uchun “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi maxsus qonun ishlab chiqilmoqda.  

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab qizlar va o‘g‘il bolalar uchun oilaviy maslahatlar, ruhiy salomatlik va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish va xavfsiz uy-joydan foydalanish imkonini berish, farovonlikni ta’minlash va zo‘ravonlik, qo‘rquv hamda zarardan himoya qilish kabi xavfsizlik choralari qo‘llanadi.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/M3VPG6ZaY40" title="O‘zbekistonda 2023 yilning 9 oyida 166 nafar bolalar o‘z qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan "Pedofiliya va himoyasiz qolgan bolalar huquqi" haqida tahliliy videolavha orqali bolalarimizning xavfsizligi, huquqlari qanchalik muhimligi to‘g‘risida bong urgan edik. Bugungi "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi maxsus qonun ishlab chiqilayotgani va yana bir yangilik deputatlar Surayyo Rahmonova nomzodini Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakilli lavozimiga tasdiqlangani ushbu yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar, qat’iy nazorat va boshqa yangiliklar kutilayotganidan darak beradi.

Zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun muhokamasi yakuni va bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan yangiliklarni biz jamoat vakillari kuzatishda davom etamiz.

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov (video), O‘zA