Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda 14-30 yosh oralig‘idagi yoshlar soni ortdi
13:39 / 2023-06-24

Ayni paytda O‘zbekistonda yoshlar soni qancha ekanligini bilasizmi?

Davlat Statistika qo‘mitasi bu bo‘yicha aniq raqamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar holatida respublika bo‘yicha 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 9 654 351 kishini tashkil etib, jami aholining 26,8 foiziga teng kelmoqda.  

Hududlar kesimida esa 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni quyidagicha:  

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 544 011 kishi (27,5 %)

Andijon viloyati – 871 191 kishi (26,2 %)

Buxoro viloyati – 519 768 kishi (25,9 %)

Jizzax viloyati – 418 659 kishi (28,4 %)

Qashqadaryo viloyati – 976 661 kishi (28,0 %)

Navoiy viloyati – 274 275 kishi (26,0 %)

Namangan viloyati – 803 078 kishi (26,8 %)

Samarqand viloyati – 1 143 004 kishi (27,8 %)

Surxondaryo viloyati – 787 816 kishi (28,1 %)

Sirdaryo viloyati – 249 903 kishi (27,9 %)

Toshkent viloyati – 767 600 kishi (25,6 %)

Farg‘ona viloyati – 1 051 980 kishi (26,5 %)

Xorazm viloyati – 541 554 kishi (27,7 %)

Toshkent shahri – 704 851 kishini (23,8 %)

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ryfNk8Og-ko" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

I.Ismatov, M.Eshmirzayeva, O‘zA