French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yuqori sifatli ipak xomashyosini yetishtirish bo‘yicha katta salohiyatga ega
15:22 / 2024-09-18

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va «O‘zenergoinspeksiya» hamkorligida ipakchilik sohasida sifatni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda JICA xalqaro tashkilotining ekspertlari va Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan soha rivojiga oid ko‘plab mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi. 

–Hozirgi kunda dunyoda yuqori sifatli ipak xomashyosiga talab juda yuqori, – dedi yaponiyalik mutaxassis, JICA eksperti Eyka Yamad. – Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston yuqori sifatli ipak xomashyosini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha katta salohiyatga ega. Bugungi seminarda tut daraxtlarini yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulot sotishgacha bo‘lgan jarayonlar xususida tavsiyalar berdik. Bu soha rivojiga xizmat qiladi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA