Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Vatan uchun yashaylik!» respublika tanlovini e’lon qiladi
18:40 / 2024-07-24

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab eng yaxshi nasriy, she’riy va badiiy publitsistik asarlarning an’anaviy «Vatan uchun yashaylik!» respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga 2023 yilning 1 avgustidan 2024 yilning 10 avgustiga qadar respublikamizdagi vaqtli matbuot va adabiy nashrlarda e’lon qilingan yoki kitob holida chop etilgan badiiy-publitsistik maqolalar, ocherklar, nasriy va she’riy yo‘nalishdagi asarlar taqdim etilishi mumkin. Ularda «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan, xalqimizning milliy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ichki va tashqi siyosat borasidagi tub o‘zgarishlar, inson qadri oliy mezon bo‘lgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida qo‘lga kiritilgan zafarlar, mard va matonatli xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jon fido etgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ota-bobolarimizning ibratli hayoti, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati targ‘iboti kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilishi lozim.  

Tanlov ishtirokchilari (muallif haqida ma’lumot, pasport nusxasi, manzil va bog‘lanish telefon raqamlarini ilova qilgan holda) o‘z ijodiy ishlarini «Vatan uchun yashaylik» ko‘rik-tanloviga deb ko‘rsatgan holda Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi manziliga yuborishlari kerak.  

Yuborilgan ijodiy ishlar 2024 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi hamda tanlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.  

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.  

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: (71) 231-83-67.