Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ZBEKISTON YOSHLARI
10:01 / 2022-06-29

30 iyun — Yoshlar kuni!

Baland toqqa chiqib boqsang, bu hasratli zamonga,
Suqlanib nur sochar quyosh O‘zbekiston tomonga.

Illo, Vatan tuprog‘ining tafti bugun o‘zgacha,
O‘zgachadir tilovatu qo‘shiq, navo, so‘zgacha.

Bugun  yurtning ishonch tog‘i, orzu-umid mash’ali,
Buyuk  Turon yoshlaridir - O‘zbekiston  yoshlari.

Jahd qilsangiz  Asqartog‘lar poyingizda yotadir,
Yurtboshimiz O‘zi sizga ham ustoz, ham otadir.

Siz poydevor qo‘ymoqdasiz yangi zamon fasliga
Va  Uchinchi Renessansning mahobatli qasriga.

Siz Buxoriy, siz Termiziy, siz Behbudiy, hojisiz,
Siz millatning Ko‘hinuri - boshidagi tojisiz.

Bu dunyoda O‘zbekiston - o‘zbek  mangu bor bo‘lsin,
Ukalarim, sizga  g‘ayrat, o‘tli shiddat yor bo‘lsin.

Abdusaid Ko‘chimov, 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi