Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yoshlari “Take Off - 2025” startap sammitida
17:41 / 2025-12-10

Dunyo miqyosidagi raqobat tobora intellektual va texnologik salohiyatga tayangan bir davrda O‘zbekiston yoshlari xalqaro innovatsion jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan 8 - “Take Off” startap sammitida O‘zbekiston delegatsiyasining doimiy va faol qatnashuvi buning yaqqol dalilidir.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ishtirok etayotgan mazkur nufuzli tadbir mamlakatimiz yoshlari uchun yangi istiqbol va xalqaro hamkorlik eshiklarini ochadi.

Bu sammitda sun’iy intellekt, fintech, barqaror rivojlanish kabi strategik yo‘nalishlarda muhokamalar o‘tkazilishi yoshlar uchun eng zamonaviy bilim va tajribalar bilan tanishish imkonini yaratadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida xorijlik hamkorlar bilan istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlar manfaatiga xizmat qiluvchi muhim kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2026 yilda ushbu nufuzli “Take Off” startap sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston yoshlarining “Take Off 2025” startap sammitidagi ishtiroki va 2026 yilda tadbirning Samarqandda o‘tkazilishi mamlakatning texnologik rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu nafaqat yoshlar salohiyatini oshirish, balki O‘zbekistonning xalqaro innovatsion jarayonlarga yondashuvi uchun muhim qadam.

Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar mamlakat kelajagi asoslaridan bo‘lib, ular orqali yangi texnologiyalar, startaplar va ilmiy izlanishlar rivojlanadi, xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi. O‘zbekiston yoshlari xalqaro maydonda o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu esa kelajak rivojining eng ishonchli garovi.

O‘zA