O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi muhokama qilindi
Bugun poytaxtimizdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining yurtimizdagi elchisi Toyvo Klaarning YeI va O‘zbekiston munosabatlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi tinglandi. Tadbir institutning xorijiy diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dasturi doirasida tashkil etildi.
Yig‘inda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Bryusselga amalga oshirgan tashrifi natijalari, “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formati va “CA+” tashabbuslari doirasidagi sheriklikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
[gallery-26767]
Yig‘ilishda YeIning 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlari, mintaqada barqaror rivojlanish, iqtisodiy hamkorlik hamda mintaqalararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, Toyvo Klaar mavzu doirasida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
D.Hakimov,
O‘.Hayitov (foto),
O‘zA